Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i boshchiligida Tergov boshqarmasi xodimlari tomonidan Amudaryo, Taxiatosh va Xo‘jayli tumani ichki ishlar bo‘limlarining ish faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sohaga oid Farmon va Qarorlarining ijrosi hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Ichki ishlar vazirligining 11.03.2025 yildagi Qo‘shma ko‘rsatmasi ijrosini to‘laqonli ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tekshirildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 24.04.2024 yildagi «Ichki ishlar organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ilash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi 200-sonli buyrug‘iga asosan fuqarolar murojaatlari bilan ishlash ahvoli o‘rganilib, tegishli ko‘rsatmalar berildi. Bundan tashqari, ichki ishlar bo‘limi xodimlarining ish yurituvdagi tergovga qadar tekshiruv hujjatlari, jinoyat ishlari va fosh etilmagan jinoyat ishlarining ahvoli o‘rganilib, ular bo‘yicha belgilangan muddatlarda qonuniy qaror qabul qilishlari yuzasidan topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.