Nukus tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i yoshlar bilan uchrashdi
Nukus tumanidagi madaniyat markazida
tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Isak Saliyev yoshlar bilan
uchrashuv o‘tkazdi
Uchrashuvdan maqsad — yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, ularni sog‘lom turmush tarziga va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdan iborat bo‘ldi. Tadbirda mahalla faollari, maktab o‘quvchilari, kollej va texnikum talabalari, shuningdek, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi
Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i o‘z so‘zida yoshlar orasida huquqiy madaniyatni oshirish, internetdagi tahdidlar, yoshlarni turli yot g‘oyalar taʼsiridan asrash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, u yoshlarning muammolari va takliflarini tinglab, ularni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini bildirdi
Tadbir savol-javob va ochiq muloqot shaklida o‘tdi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga bevosita javob olishdi va kelgusida bunday uchrashuvlar muntazam o‘tkazilishi zarurligi taʼkidlandi