⚡️Jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olishga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
????Bugun,
6-sentyabr kuni Qoraqalpoq filologiyasi va jurnalistika fakultetida
talaba-yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni mustahkamlash, huquqbuzarlik va
jinoyatchilikning oldini olish, shuningdek, ularni milliy qadriyatlar va
axloqiy me’yorlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash maqsadida targ‘ibot tadbiri
bo‘lib o‘tdi. Tadbirda fakultetning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan
o‘rinbosari Z.Jumanov, universitetning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha
profilaktika inspektori K.Ataniyazova, xotin-qizlar psixologi F.Tolibayevalar
va birinchi kursga qabul qilingan talaba-yoshlari ishtirok etdi.
????Tadbir davomida talabalarga mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, ta’lim muassasalarida tartibni mustahkamlash bo‘yicha belgilangan vazifalar haqida batafsil ma’lumot berildi. Jumladan, universitetning ichki tartib-intizom qoidalari, Odob-axloq kodeksi, talabalarning huquq va majburiyatlari, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanish, salbiy oqibatlarga olib keluvchi zararli odatlardan uzoq yashash kabi mavzularda batafsil tushuntirishlar o‘tkazildi.
????Shuningdek, xotin-qizlar profilaktika inspektori K.Ataniyazova jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning yoshlar hayotidagi salbiy ta’siri, ularning kelajak taqdiriga zarar yetkazishi mumkinligi haqida hayotiy misollar orqali tushuntirib berdi. Psixolog F.Toliboyeva esa talaba-yoshlarning psixologik muammolarini yengishda yordam berish, turli stress holatlarini yengib o‘tish, sog‘lom muhitda ta’lim olish va o‘zini erkin namoyon qilish imkoniyatlarini kengaytirish haqida so‘z yuritdi.
????Tadbir yakunida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi, shuningdek, universitetda yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanish, bilim va intellektual salohiyatni oshirish, huquqbuzarliklarning oldini olishda har bir talabaning shaxsiy mas’uliyati muhimligi alohida ta’kidlandi.