30 Oktyabr 2020 yil 663

Davlat mukofoti bilan taqdirlangan xodimlarning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi.

Vatanimiz tinchligi va el-yurt osoyishtaligini ta'minlash yo'lidagi fidokorona xizmatlari, jinoyatchilikka qarshi kurashish, uni oldini olish hamda og'ir va mas'uliyatli, shu bilan birga sharafli hisoblangan jinoyatlarni tergov va surishtiruv qilish bilan bog'liq faoliyatida fidoyilik namunasini ko'rsatib, o'z xizmat burchlariga vijdonan yondashib, o'z hamkasblariga o'rnak bo'lib kelayotgan xodimlar davlatimiz tomonidan munosib rag'batlantirilib kelinmoqda.
Yaqinda,  O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «25 oktyabrь Ichki ishlar organlari xodimlari kuni» bayrami munosabati bilan ichki ishlar organlari xodimlarining bir guruhini mukofotlash to'g'risidagi farmoni bilan, Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ichki ishlar vazirligidan Kegeyli tumani ichki ishlar bo'limi katta tezkor vakili Matkurbanov Gulmurat Zaripbayevich, Qoraqalpog'iston Respublikasi bo'yicha bo'yicha portlatish uskunalarini zararsizlantirish maxsus otryadi komandiri Toshbekov Mirkomil Abdusalimovichlar «Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan, Qo'ng'irot tumani ichki ishlar bo'limi huzuridagi tergov bo'linmasi boshlig'i Dao'letbayev Amanbay Asenbayevich «Shuhrat» medali bilan mukofotlangan edi.
Shu munosabat bilan, Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.Temirxanov uning o'rinbosari polkovnik I.Axmedov va  vazirning maslahatchisi iste'fodagi polkovnik, O.Turdaqovlar mukofotlangan xodimlarning xonadonlarida bo'lib ularning ota-onalarini farzandlarining erishgan yutuqlari bilan tabrikladi va ularga sovg'alar ulashib vazirlikning tashakkurnomalari topshirishdi..
Vazir, A.Temirxanov xodimlarning kelgusi xizmat faoliyatida zafarlar tiladi.
 
Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati
Text to speech