17 May 2023 yil 253

“Maʼnaviyat oyligi” doirasida tadbir tashkil qilindi

Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida O‘zbekiston Respublikasining barcha viloyatlaridan o‘quvchilar qabul qilinib, tahsil oladilar. Ichki ishlar vazirligi tizimida e‘lon qilingan “Maʼnaviyat oyligi” doirasida litsey o‘quvchilarini Qoraqalpoq madaniyati va urf odatlari bilan tanishtirish maqsadida joriy yilning 16 may kuni kun tartibi bo‘yicha belgilangan kechki ovqatlanish Nukus shahridagi “Achchiko‘l ko‘li” bo‘yida tashkillashtirilib, litsey ijtimoiy hayotida munosib ishtirok etib kelayotgan o‘qituvchi va o‘quvchilar Respublika Ma‘naviyat va ma‘rifat markazining mas‘ul xodimlari tomonidan taqdirlandilar. Shundan so‘ng o‘quvchilar Achchiko‘l hududi va Qoraqalpoq o‘tovlari bilan tanishib, kechki ovqatni Qoraqalpoq o‘tovlarida tarnovul qildilar.

Text to speech