17 Noyabr 2020 yil 764

Odam savdosi jinoyatlarining oldini olishga qaratildi.

Joriy yilning 16 noyabrь kuni, Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining majlislar zalida, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risidagi» PF-5775 Farmoni ijrosini o'rganish va amaliy yordam berish maqsadida, Oliy sud, O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Mahalla va oilani qo'llab quvvatlash, Sog'likni saqlash vazirliklari, Yoshlar ishlari agentligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Odam savdosi jabrdiydalariga  yordam berish bo'yicha respublika reabilitatsiya markazi xodimlaridan iborat ishchi guruxi tomonidan majlis bo'lib o'tdi.
Majlisda, hududlarda odam savdosi qarshi kurashish borasidagi ishlar, odam sovdosi sohasidagi jinoyatlarning kelib chiqish sabablari, ularning qayd etilish holatlarini tahlil qilib borilishi hamda mavjud holatlarni yaxshilish, shuningdek, aholining odam savdosining salbiy omillari to'g'risidagi xabardorligini oshirish, bu kabi solbiy holatlarini oldini olishga qaratilgan, huquqiy targ'ibot tadbirlarini amalga oshirish yo'nalishlari amalga oshirilishi lozim bo'lgan chora-tadbirlarni belgilab olish lozimligi aytib o'tildi.
Ishchi gurux tomonidan, Qoraqalpog'iston Respublikasida o'rganish ishlari davom etmoqda.
 
Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati
 
 
Text to speech