18 Noyabr 2020 yil 827

VAZIRLIKDA BAYRAM TADBIRI

Ma'lumki, har bir xalqning nishonlari doimo buyuk va muqaddas hisoblanib kelingan. Sababi u xalqni ezgu yo'l va ma'lum bir g'oya ostida birlashtirgan.
Ana shunday ezgu timsollarimiz qatorida O'zbekiston Respublikasi bayrog'ini ham keltirish mumkin. Ya'ni bundan 29 yil ilgari 18 noyabr kuni  Davlat bayrog'i to'g'risida Qonun qabul qilinib, har yili ushbu sana respublikamiz bo'ylab ko'tarinki ruhda nishonlanib kelinmoqda. Joriy yilda ham mazkur sana munosabati bilan respublikamiz bo'ylab turli bayram tadbirlari bo'lib o'tmoqda.
Shunday tadbirlardan biri Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida bo'lib o'tdi.
«Vatanimiz bayrog'i-faxrimiz, g'ururimiz!» shiori ostida o'tkazilgan bayram tadbirida Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.Temirxanov so'zga chiqib, ishtirokchilarni bayram bilan tabrikladi. Bundan keyin so'zga chiqqan O'zbekiston Respublikasi IIV Qoraqalpoq akademik litseyi direktorining o'rinbosari, podpolkovnik S.Allambergenov davlat bayrog'ining mazmun–mohiyati haqida keng tushuncha berib o'tdi.
Shuningdek, tadbir davomida sana munosabati bilan bo'lib o'tgan sport musobaqalarining g'oliblariga  medalь va sovg'alar tantanali ravishda topshirildi.
Bundan so'ng tadbirning keyingi qismi  O'zbekiston Respublikasi IIV Qoraqalpoq akadekmik litseyida davom etdi. Bu yerda o'quvchi yoshlar tomonidan davlatimizni madh etuvchi she'rlar ijro etilib, vazirlikning alohida vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadi xodimlarining ko'rgazmali chiqishlari kechaga o'zgacha  ruxda baxsh etdi.
Shu kuni bayram munosabati bilan Vazirlik rahbariyati tomonidan xayriya tadbiri ham tashkil etildi. Ya'ni, ular Xo'jayli tumanidagi 1-sonli Mehribonlik uyida bo'lib, u yerdagi tarbiyalanuvchilarni bayram bilan tabriklab, ularga kitoblar sovg'a qilishdi. O'z navbatida Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari ko'rsatilayotgan bunday e'tibordan mamnun ekanligini bildirib, kelgan mehmonlarga o'zlarining kontsert dasturini namoyish etdi.


Azamat PIRNIYaZOV
«POSTDA» muxbiri

Text to speech