5 Oktyabr 2020 yil 894

 Faxriylardan xabar olindi.

Azal-azaldan xalqimiz yoshi ulug‘ nuroniylarni eʼzozlab ularga katta ehtirom ila hurmat ko‘rsatib kelingan. Ayniqsa, tabarruk insonlarning holidan xabar olish ularning og‘irini yengil  qilish va nasihatlari-yu duolarini olish xalqimizga xos fazilatdir.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi o‘rni va ijtimoiy faolligini yana-da oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilingan edi. Faxriylarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qarorda  "Keksalar haftaligi"ni tashkil etish borasida muhim vazifalar belgilab berildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Kadrlar boshqarmasi Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti  tashabbusi bilan ichki ishlar organlarida uzoq yillar xizmat qilib hozirgi vaqtda nafaqada bo‘lgan bir nechta faxriylar holidan xabar olinib ularga sovg‘alar topshirildi.
Sohada uzoq yillar xizmat qilgan otaxonlar yoshlarga uzrlari xizmat qilgan davri hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashib, yoshlarga sohaning yetuk kadrlari bo‘lib yetishishlari bo‘yicha o‘zlarining maslahatlarini berishdi.
Yosh xodimlar, Ichki ishlar organlarida uzoq yillar xizmat qilgan nafaqadagi polkovnik X.Mamutovning, xonadonida tomorqa maydonlarida obodonlashtirish ishlarida  ham yaqindan yordam berishdi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

 

Text to speech