8 Sentyabr 2021 yil 741

Ichki ishlar organlari xodimlarining jangovar shayligi hamda kasbiy tayyorgarliklari o‘rganilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tegishli farmoyishi talablariga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibining jangovor shayligi hamda xodimlarining xizmat, jangovor va jismoniy tayyorgarlik darajasini o‘rganish hamda metodik va amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida, vazirlikning ishchi guruhi joriy yilning 8 sentabr kuni o‘z faoliyatini boshladi.
Dastlabki kuni, Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIVning barcha boshqarma va shaxar-tumani IIBlari boshliqlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda tashkiliy bo‘lim boshliqlari ishtirokida jangovor shaylik, maxsus-taktik va saf tayyorgarligi, maxsus vositalar va o‘q otar qurollardan foydalanish ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha 8 soatga mo‘ljallangan mashg‘ulotlar o‘tkazilib, yakunida ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha sinovlar qabul qilindi.
Shuningdek, ishchi guruh tomonidan hududiy bo‘linmalarning jangovor shayligi hamda xodimlarining xizmat, jangovor va jismoniy tayyorgarlik darajasini o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.


Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech