11 Iyul 2020 yil 1112

Nazariy bilimlar amaliyotda mustahkamlanmoqda

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 avgustdagi “Ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-3216-son qarori hamda Ichki ishlar vazirining 2019 yil 30 sentyabrdagi “Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi kursant va tinglovchilarining ichki ishlar organlarida amaliyotlarini tashkil etish to'g'risida”gi 312-son buyrug'i ijrosini ta'minlash maqsadida Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida IIV Akademiyasi kunduzgi ta'lim 2-o'quv kursida tahsil olayotgan 35 nafar kursantlar Qoraqalpog'iston Respublikasi ichki ishlar organlarida 24 kun davomida amaliyotni o'tab olgan nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlashdi. Joriy yilning 11 iyulь kuni Nukus shahar ichki ishlar organlari  faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasida amaliyotni tugatgan kursantlarni taqdirlash va O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasining 1-o'quv kursida tahsil olayotgan  kursantlarni ustozlarga biriktirish bo'yicha o'tkazilgan tadbirga Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o'rinbosari polkovnik I.Axmedov, IIV Akademiyasidan kelgan mas'ul mayor B. Artikov, sohaviy xizmatlardan biriktirilgan murabbiylar hamda amaliyotga kelgan kursantlar va ularning ota-onalari ishtirok etishdi. Tadbir davomida amaliyot davomida o'zlarini yaxshi tomonlama ko'rsatib boshqalarga namuna bo'lgan bir guruh 2-o'quv kursida tahsil olayotgan kursantlarga Nukus shahar ichki ishlar organlari  faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasining tashakkurnomalari topshirildi.
Shuningdek,  O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasining 1-o'quv kursida tahsil olayotgan kursantlar Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining buyrug'i bilan Nukus shahar ichki ishlar organlari  faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasining tajribali xodimlariga shogirt sifatida biriktirildi. Amaliyotni o'tash davrida, kursantlarning egallagan nazariy bilimlarini mustahkamlash, o'rnatilgan kun tartibi va xizmat intizomiga qat'iy rioya qilish hamda malakaviy amaliyotni to'g'ri tashkil etish bo'yicha yo'riqnomalar berildi. Yig'ilish yakunida ota-onalar va kursantlar tomonidan berilgan savollarga vazirlik rahbariyati tomonidan atroflicha javoblar berildi.
 
Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech