30 May 2020 yil 1205

PROFILAKTIKA INSPEKTORLARINING MALAKASI OShIRILDI

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 18 fevralь kunidagi “Jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muxitni sog'lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo'llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-5938-sonli Farmoni va Ichki ishlar vazirligining tegishli buyrug'i talablari ijrosini ta'minlash maqsadida, Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar organlarining safdorlik lavozimlarida xizmat qilib kelayotgan oliy ma'lumotga ega bo'lgan xodimlar orasidan o'z xizmat faoliyati davomida yuqori natijalarga erishib kelayotgan 40 nafar xodim hududiy ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi bo'limi (bo'linmasi)ning profilaktika inspektori lavozimlariga tayinlandi.
Ushbu xodimlarning sohaga oid huquqiy bilim va kasbiy ko'nikmalarini oshirish bo'yicha Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan 2020 yilning 2 may kuni tasdiqlangan farmoyishi asosida 30 soatga mo'ljallangan o'quv mashg'ulotlari tashkil etildi.
O'quv mashg'ulotlarini yuqori saviyada va samarali olib borish maqsadida, amaliy ish tajribasiga ega yuqori malakali mutaxassis xodimlar o'quv jarayoniga jalb etilib, ular tomonidan “o'quv uslubiy materiallari”, “ma'ruza fondlari”, “mulьtimedia prezentatsiyalari” va “tarqatma materiallari”dan foydalanilgan holda o'quv mashg'ulotlari olib borildi.
Shuningdek, ularda saf ko'nikmalarini mustahkamlash va formali kiyim-bosh kiyish qoidalariga amal qilishlarini ta'minlash yuzasidan o'quv mashg'ulotlari boshlanishidan oldin saf ko'rigi va saf tayyorgarlik mashg'ulotlari tashkil etildi.
Bundan tashqari, o'quv yig'ini yakunida Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o'rinbosari polkovnik I.Axmedov, O'zbekiston Respublikasi IIV O'z xavfsizligi boshqarmasi Qoraqalpog'iston Respublikasы bo'yicha bo'limi boshlig'i podpolkovnik Sh.Qudiyarov va Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Yoshlar yetakchisi leytenant A.Kengesbayevlar ishtirokida xodimlar o'rtasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash, xodimlar tomonidan sodir etilishi mumkin bo'lgan salbiy holatlarni oldini olish hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini, qonuniy manfaatlarini himoya qilishlarini ta'minlash yuzasidan uchrashuv o'tkazilib, tegishli vazifa va tavsiyalar berildi hamda o'z xizmat joylariga tarqatildi.
 
Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech