3 Iyun 2020 yil 1058

Probatsiya hisobida turgan shaxslar bilan profilaktik suhbatlar o'tkazildi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Probatsiya bo'limi boshlig'i podpolkovnik U.Qurbanbayeva   Qoraqalpog'iston Respublikasining Qo'ng'irot Shumanay va Qanliko'l tumanlarida bo'lib  hududda probatsiya hisobida turgan shaxslar bilan uchrashib ular bilan profilaktik suhbatlar o'tkazdi.
Shuningdek probatsiya hisobida turgan shaxslarning bandligi tekshirilib ularning ish faoliyatlari o'rganildi. Bugungi mamlakatimizda koronavirus pandemiyasi bo'lib turgan karantin davrida ularga ijtimoiy yordam ko'rsatish maqsadida oziq-ovqat mahsulotlari yetkazilib berildi.
 
Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati.
Text to speech