21 Iyun 2020 yil 856

Qoraqalpog'iston Respublikasi Qanliko'l va Shumanay tumanlari ichki ishlar bo'limlarida yig'ilish bo'lib o'tdi.

Ichki ishlar organlari shaxsiy tarkib o'rtasida xizmat intizomini mustahkamlash hamda qonuniylikka rioya etilishini ta'minlash mavzusida bo'lib o'tgan yig'ilishga O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi mas'ul xodimlari Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi rahbariyati, bo'lim xodimlari va ularning oila a'zolari ishtirok etishdi.
Tadbirda so'zga chiqqanlar  xodimlarning axloqiy-ruhiy holatini nazorat qilish, psixologik xizmat sifatini oshirish yuzasidan fikrlar bildirildi. Xuddi shunday, faollarni rag'batlantirish, intizomni buzganlarga tegishli tartibda chora ko'rish masalalarini aytib o'tishdi.
Yig'ilish davomida ta'magirlik, poraxo'rlik, xizmat vazifasini su'istimol qilish bilan bog'liq illatlarga yo'l qo'ymaslik, bunday holatlar yuz berganda ko'riladigan choralar haqida ma'lumot berildi.
Shuningdek,  uchrashuv davomida ichki ishlar organlaridagi xizmati davomida yaxshi natijalarga erishib kelayotgan xodimlarining ota-onalariga, Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining tashakkurnomalari tantanali ravishda topshirildi.
Bunday tadbirlar vazirlikning sohaviy xizmatlari va shahar tuman ichki ishlar bo'limlarida davom etmoqda.

Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati
 
 
Text to speech