11 Avgust 2021 yil 917

Test sinovlariga taqiqlangan buyumlar olib kirishga uringan abituriyentlar aniqlandi.

Oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun mamlakatimizda ham test sinovlari qizg‘in pallaga kirdi. Nukus shahrida ham bu jarayon 2 bosqich bo‘lib o‘tmoqda.
Pandemiya sharoiti bois yoshlar profilaktik dezinfeksiya vositalari tibbiy niqob va bosh kiyimlar bilan ta’minlanmoqda. Test sinovlarini topshirishda bilimiga ishongan yoshlar savollarni yechib chiqmoqda.
Ammo ayrim abituriyentlar tomonidan qancha ogohlantirishlarga qaramasdan test sinovlariga olib kirish taqiqlangan vositalarni olib kirishga urinish holatlari uchramoqda. Lekin ichki ishlar organlar va milliy gvardiya xodimlarning sa’y-harakatlari tufayli bunday holatlarning oldi olinmoqda.
Joriy yilning 11 avgust kuni o‘tkazilgan test sinovlariga, 2ta holatda uyali telefon quloqchinlarini olib kirishga urinish va 1 holatda shpargalka foydalanishga uringan abituriyentlar aniqlangan va test sinovlaridan chetlatilgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati.

 

Text to speech