24 May 2020 yil 1948

Yosh xodimlarning xizmat ko'nikmalarini oshirish yo'lida.

Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar organlarida xizmat etish istagini bildirgan, profilaktika (katta) inspektorlarining jamoat tartibini saqlash bo'yicha yordamchisi lavozimlarida xizmat qilgan oliy ma'lumotga ega bo'lgan nomzodlar orasidan 22 nafari tanlov asosida Qoraqalpog'iston Respublikasi IIVning buyrug'i asosida ichki ishlar organlari xizmatiga qabul qilindi.
      Xizmatga qabul qilingan yosh xodimlarning xizmat faoliyatida natijadorlikka va yuklatilgan vazifalarni samarali bajarishga intilishni singdirish, ularda amaliy ish ko'nikmalarini shakllantirish va xizmat burchiga mas'uliyat va tashabbuskorlik bilan munosabatda bo'lishlarini tarbiyalash, shuningdek ularning xizmat, jangovar va jismoniy tayyorgarliklarini oshirish yuzasidan joriy yilning 2 may kunidan 21 may kuniga qadar vazirlikning o'quv sinfida maxsus reja asosida o'quv yig'ini tashkil etildi.
      Mazkur o'quv yig'inini samarali va natijali tashkil etish yuzasidan vazirlikning sohaviy xizmatlaridan tajribali va malakali xodimlar bekitildi. Bundan tashqari, ularda vatanparvarlik ruhiyatini va tanlagan kasbiga sodiqlik tuyg'ularini shakllantirish maqsadida, o'quv mashg'ulotlaridan tashqari paytlarida vazirlikning tarixiy muzeyi va xotira maydonlariga ekskursiyalar tashkil etildi.
      Shuningdek, Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o'rinbosari polkovnik I.Axmedov, vazir maslahatchisi iste'fodagi polkovnik O.Turdakov, O'zbekiston Respublikasi IIV O'z xavfsizligi boshqarmasi Qoraqalpog'iston Respublikasi bo'yicha bo'limi boshlig'i podpolkovnik Sh.Qudiyarov hamda vazirlikning faxriylar kengashi raisi o'rinbosari iste'fodagi podpolkovnik F.Sankibayev ishtirokida yosh xodimlar o'rtasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash hamda tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan “Uch avlod uchrashuvi” o'tkazildi.
      O'quv yig'ini yakunida, vazirlik rahbariyati tomonidan yosh xodimlarga xizmat guvohnomalari tantanali ravishda berilib, o'z xizmat joylariga tarqatildi.
 
Qoraqalpog'iston Respublikasi Axborot xizmati.

Text to speech