2 Sentyabr 2020 yil 1039

E'lon:

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 iyundagi PQ-4375-sonli “O'smirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Qaroriga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi tashkil yetildi.
     Mazkur qarorga asosan O'zbekiston Respublikasi IIV Nukus «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik litseyi o'qituvchilarni quyidagi fanlar bo'yicha tanlov asosida ishga qabul qiladi:
1. O'zbek tili va adabiyoti
2. Fizika
3. Informatika va axborot texnologiyalari
4. Kimyo
5. Davlat huquq asoslari
Tanlovda ishtirok etuvchi pedagog nomzodlar asosan yuqori bilim darajasi, intellektual salohiyat va professional mahoratga hamda kamida 5 yil uzluksiz pedagogik ish stajiga ega bo'lishi kerak.
Tanlovda qatnashish uchun nomzodlar tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
1. Tanlovda ishtirok etish uchun «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik litseyi direktori nomiga ariza;
2. Pasport nusxasi (hujjatlarni topshirish vaqtida pasportning asl nusxasi ko'rsatiladi);
3. Oliy ma'lumot to'g'risidagi diplom yoki vakolatli davlat organining xorijiy ta'lim muassasasida olingan oliy ma'lumot to'g'risidagi hujjatga muvofiqlik olinganligi to'g'risidagi guvohnoma;
4. O'tkazilgan attestatsiya natijalari bo'yicha berilgan sertifikat nusxasi;
5. Mehnat daftarchasining nusxasi;
6. Xizmat faoliyati haqidagi ma'lumotnomasi (Rezyume)
7. 3,5 x 4,5 o'lchamdagi 4 dona rangli fotosurat
Tanlov ishtirokchilaridan hujjatlar shu yilning 2-sentyabrь sanasidan            15-sentyabrь sanasiga qadar qabul qilinadi.
Tanlov ishtirokchilarining arizalari va hujjatlarni qabul qilish joyi manzili: Nukus shahri To'rtko'l guzari 43-uy IIV Qoraqalpoq akademik litseyi.
 
Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati
 
Text to speech