16 Iyun 2020 yil 990

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzasidan ma'lumot

2020 yil 14 iyunь kuni Nukus shahri hududida aholi orasida karantin qoidalariga amal qilinishini o'rganib, reydlar o'tkazish bo'yicha Qoraqalpog'iston teleradiokompaniyasi, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasы huzuridagi Sanitariya epidemiologik nazorati davlat inspektsiyasi Qoraqalpog'iston Respublikasi bo'limi, Milliy Gvardiya hamda Nukus shahar IIO FMB 4-son IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi guruhi tayanch punktlari profilaktika inspektori katta leytenant R.Bekimbetovlardan iborat COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashish fuqarolarning karantin qoidalariga rioya etishini bo'yicha guruh tuzilgan. Guruh xodimlari shu kuni soat 11-30larda Nukus shahri X.Abdambetov ko'chasi bo'yidagi “Eski shahar” MFY hududidagi avtoturargoh atrofida tekshiruv ishlari olib borayotganida shu yerda to'xtab turgan, aholiga taksi xizmatini ko'rsatuvchi, sariq rangli “Matiz” rusumli avtomashinasi haydovchisi, Nukus shahrida yashovchi, 1997 yili to'g'ilgan fuqaro U.Mning tibbiy niqobini taqmasdan hamda taksi haydovchilari uchun belgilangan maxsus kombinezon kiyimini pastki qismini kiymasdan, karantin qoidalarini  amal qilmay yurganligi aniqlangan.
Holat bo'yicha Sanitariya epidemiologik nazorati davlat inspektsiyasi Qoraqalpog'iston Respublikasi bo'limi xodimi surishtiruv olib bormoqchi bo'lganida, o'z shaxsi haqidagi ma'lumotlarni aytmagan. Shundan so'ng katta leytenant R.Bekimbetov yonidagi Milliy Gvardiya xodimi bilan birga fuqaro M.U bilan suhbat o'tkazish hamda tegishli ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirish uchun ishchi guruhga bekitilgan miniavtobusga chiqishini so'raganda fuqaro M.U faol qarshilik ko'rsatib avtobusga chiqmasligini aytib, ular bilan janjallashgan hamda kelib chiqqan janjal shu yerda bo'lgan boshqa shaxslarning e'tiborini tortgan.
Birozdan so'ng fuqaro M.U shu joyning o'zida YPX xodimlari tomonidan to'xtalib, unga nisbatan SENDI xodimi tomonidan O'zbekiston Respublikasi MJtKning 54-moddasi 1-qismi bilan (Karantin qoidalarini buzish) ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, “Matiz” avtomashinasi jarima maydonchasiga qo'yilgan.
Mazkur videotasvirda aks etgan holat yuzasidan ichki ishlar xodimiga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan.
Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati
     
Text to speech