26 Aprel 2022 yil 519

Xo‘jayli tumani va Nukus shahrida sud huquq masalalari bo‘yicha ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi.

Joriy yilning 26 aprel kuni Xo‘jayli tumani va Nukus shahrida sud huquq masalalari bo‘yicha ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi huquqni muhofaza kiluvchi organlari rahbarlari ishtirokida fuqarolarning sud huquq masalalari bo‘yicha murojaatlari tinglandi. Sayyor qabul davomida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari general-mayor B.Y.Mirzaraximov Ichki ishlar sohasiga tegishli masalalarda fuqarolarni qabul qildi. Xo‘jayli tumani bo‘yicha 23 nafar, Nukus shahridan 39 nafar fuqaroning murojaatlari tinglandi.  Qabulda jarayonida, xizmatga qayta tiklash va ishga kirish, surishtiruv va tergov harakatlari, mol-mulk va boshqa buyumlarni olib qo‘yish yoki qaytarmaslik, yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash, aholini ijtimoiy himoya qilish, moddiy yordam olish masalasida, IIO lariga oid bo‘lmagan masalada va oila turmush doirasidagi kelishmovchiliklar bo‘yicha murojaatlar qabul qilindi.
Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan sayyor qabulda, fuqarolarning murojaatlari bo‘yicha tegishli tartibda arizalar qabul qilinib, barchasi bo‘yicha qonun hamda boshqa normativ huquqiy hujjatlar doirasida batafsil tushuntirishlar berildi hamda amaliy yordam ko‘rsatish va ijrosini taʼminlash yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi. 
Shuningdek Xo‘jayli, Taxyotash tumanlari va Nukus shahrida istiqomat qilayotgan fuqaroligi bo‘lmagan 3 nafar shaxsga fuqarolikni tasdiqlovchi va 16 yoshga to‘lgan 4 nafar yoshlarga fuqarolik pasportlari berildi.    

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

 

Text to speech