6 Aprel 2021 yil 613

Navbatdagi o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.  

Joriy yilning 3 aprel kuni, O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi tergov departamenti tomonidan 11.11.2020 yilda tasdiqlangan, viloyatlararo videokonferens aloqa tizimi orqali o‘quv-seminar mashg‘ulotini o‘tkazish rejasiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida, vazir o‘rinbosari polkovnik M.T.Raxmatullayev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi A.A.Abdikarimov, jinoyat ishlari bo‘yicha Nukus shahar sudining raisi Sh.D.Shamambetov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i adliya maslahatchisi M.T.Tleo‘muratov, “Al-Xorazmiy” nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali axborot xavfsizligi kafedrasi o‘qituvchisi M.K.Seydullayevlar ishtirokida, “Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarning turlari, bu kabi jinoyatlarni tergov qilish taktikasi va metodikasi hamda o‘ziga xos xususiyatlari, amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolar, bu sohadagi oqlov, qo‘shimcha tergov, sudlarning xususiy ajrimlari, prokuratura organlari taqdimnomalari sabablari” mavzusida navbatdagi o‘quv-seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.
O‘quv-seminar mashg‘ulotiga viloyat Ichki ishlar boshqarmalari huzuridagi Tergov boshqarmalari va ularning quyi bo‘linmalari videokonferens aloqa  tizimi orqali ulangan holda ishtirok etishdi.
Mayor N.B.Tadjimuratov Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarni tergov qilish taktikasi va metodikasi haqida tushunchalar berib, shaxslarning harakatlarini to‘g‘ri kvalifikatsiya qilinishi, amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolar xususida to‘xtalib, maʼruza mavzusiga oid slayd va boshqa qo‘llanmalardan foydalangan holda mavzuni to‘liq yoritib berdi. Hamda o‘quv mashg‘uloti so‘ngida yig‘ilish qatnashchilari va mutaxassislar amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolar xususida to‘xtalib, o‘zaro fikr almashishdi.  

  

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi tergov boshqarmasi

Text to speech