13 Yanvar 2022 yil 564

Qoraqalpog‘iston IIV terma jamoasi birinchi o‘rinni egalladi

Joriy yilning 11-13 yanvar kunlari O‘zbekiston Respublikasi IIV Nukus "Temurbeklar maktabi" harbiy akademik litseyida 14 yanvar Vatan himoyachilari kuni» munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi «Dinamo» jismoniy tarbiya va sport jamiyatining kubogi uchun musobaqa bo‘lib o‘tdi. Musobaqaga jami 14 jamoa ishtirok etdi. Uch kun davomida qizg‘in bellashuvlarga boy bo‘lib o‘tgan musobaqa yakunida, birinchi o‘rinni Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV terma jamoasi, ikkinchi o‘rinni, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarmasi, uchinchi o‘rinni Davlat xavfsizlik xizmati jamoasi egalladi.
G‘oliblarga tashkilotchilar tomonidan tayyorlangan kubok, medal, va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech