8 Dekabr 2022 yil 485

Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV maʼnaviyat va maʼrifat zalida 8-dekabr - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirga IIV rahbariyati, xizmat soha rahbarlari hamda apparat shaxsiy tarkibi,  mukofotlanadigan xodimlar taklif etildi. 
Unda Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov nutq so‘zlab, barchani mamlakatimiz rivojlanishida asosiy qonunimiz sanalgan konstitutsiya qabul qilinganliging 30 yilligi bayrami bilan samimiy muborakbod etdi.
Shuningdek, bayram munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan, Qoraqalpog'iston Respublikasi ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan bir guruh xodimlar “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganligini yig‘ilganlarga o‘qib eshittirdi.
Shundan so‘ng barcha taqdirlanganlar “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi” ko‘krak nishonlarini shaxsan Ichki ishlar vaziridan tantanali ravishda qabul qilib oldilar. 
Davlatimiz rahbari tomonidan bu kabi ko‘rsatilayotgan eʼtibor va eʼtirof xodimlarning yanada vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilishiga undashi bilan ahamiyatlidir.

Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

 

 

 

Text to speech