22 Noyabr 2022 yil 333

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining urinbosari, general-mayor A.I.Ikramovning Nukus shahrida sayyor qabuli o‘tkazildi.

2022 yil 22 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining urinbosari, general-mayor A.I.Ikramovning Nukus shahrida joylashgan Yoshlar markazi binosida sayyor qabuli o‘tkazildi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, pokovnik Baxtiyar Torebekov, vazirlikning boshqarma boshliqlari va maʼsul xodimlari ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari, general-mayor A.I.Ikramov tomonidan jami 75 nafar fuqaroning murojaatlari qabul qilindi. Murojaatlar turlarga bo‘linganda mol-mulk va pul mablag‘larini undirish, surishtiruv hamda tergov harakatlari, qidiruvdagi shaxslarga oid, jazoni o‘tashdan ozod bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish, aholini ijtimoiy himoya qilish, ichki ishlar organlariga ishga qabul qilish xususida bo‘ldi.
Murojaatlarning 38 tasi joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, 11 fuqaroga huquqiy tushuntirish berildi. Ko‘rib chiqish talab etilgan 26 ta murojaatning ijrosi nazoratga olindi.
Sayyor qabul davomida 4 nafar fuqaroga shaxsini tasdiqlovchi ID kartalar hamda 2 nafar shaxsga O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi rasmiylashtirib berildi. Shuningdek, 3 nafar xotin-qizga har biriga tikuv mashinasi, 7 nafar xotinqizga qandolatchilik bilan shug‘ullanishlari uchun elektropechkalar topshirildi. Nukus shahrida joylashgan (IIV otaliqqa olingan) 22-sonli ixtisoslashtirilgan maktabning ayol-qizlar futbol komandasiga 20 ta sport formalari jamlanmasi sovg‘a qilindi. 1 nafarfuqaroga o‘zini band qilishi uchun payvandlash uskunasi topshirildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV axborot xizmati.

Text to speech