8 Yanvar 2022 yil 743

Probatsiya xizmati nazorati ostida turgan shaxslar bilan profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.

Joriy yilning 8 yanvar kuni Nukus shahridagi “Yoshlar markazi”da Nukus shahar ichki ishlar organlari probatsiya bo‘linmalari nazorati ostida jazo muddatini o‘tayotgan shaxslar o‘rtasida “Sayyor sud” muhokamasi tashkil etildi. Unda jazoni o‘tash tartib-qoidalariga, o‘rnatilgan taqiq (cheklov)larga qat’iy amal qilgan, tuzalish yo‘liga o‘tgan 13 nafar nazoratidagilar tayinlangan jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilingan bo‘lsa, aksincha, jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlab, qonunlarimizni nazar-pisand qilmagan 3 nafar nazorat ostidagi shaxslarning o‘talmay qolgan jazo muddatlari ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirildi.
Bu yo‘nalishda amaliy ishlar davom ettirilib, shu kunning o‘zida aholi bandligiga ko‘maklashish markazi va Hunarmandlar uyushmasi bilan hamkorlikda Nukus shahrida joylashgan “Mono markaz”ida “Ishga marhamat” tadbirlari tashkil etilib, probatsiya nazorati ostida jazo muddatini o‘tayotgan shaxslardan 47 nafari ishtirok etgan bo‘lsa, ushbu tadbirlar davomida 17 nafar nazoratdagilarga ishga yo‘llanmalar berildi va 9 nafar nazorat ostidagi shaxslar o‘zlarining mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashtirildi.
Mazkur tadbirlarga O‘zbekiston Respublikasi IIV Probatsiya xizmati boshlig‘i polkovnik A.Orыnbayev va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari podpolkovnik A.Utemuratovlar ishtirok etishdi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati.

Text to speech