25 May 2023 yil 194

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri «Nurli maskan» maktab internati bitiruvchilarini tabrikladi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov Ichki ishlar vaziri tomonidan homiylikka olingan Nukus shahrida joylashgan 10 sonli «Nurli maskan» maktab internati bitiruvchilarining so‘ngi qo‘ng‘iroq tadbirida ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zbekiston hamda Qoraqalpog‘iston respublikalarining madhiyalari kuylandi.

Ichki ishlar vaziri maktab internat bitiruvchilarini tabriklab ularga O‘zbekiston Respublikasi prezidentining maktab bitiruvchilariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi.

Tadbirda ustozlar hamda ota-onalar so‘zga chiqib bitiruvchilarga omadlar tiladi. Tadbirning ikkinchi bo‘limida maktab internat o‘quvchilari hamda bitiruvchilar tomonidan tayyorlagan konsert dasturi kuyib berildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech