4 Sentyabr 2020 yil 973

Beruniy tumanida sektor boshliqlarining sayyor qabuli bo'lib o'tdi.

Bugungi kunda aholining yashash sharoitini yaxshilash, odamlar bilan bilan ochiq muloqot orqali ularni qiynab kelayotgan muammolarga yechim topish maqsadida sayyor qabullar o'tkazilib kelinmoqda. Navbatdagi sayyor qabul, Beruniy tumanida bo'lib o'tdi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi 4 sektor rahbarlari tomonidan o'tkazilgan sayyor qabulda xalq bilan suhbatlar o'tkazilib,  fuqarolarni qiynab kelayotgan  muammolar o'rganilib ularni hal qilish choralari ko'rildi.
Sayyor qabulda, Qoraqalpog'iston Respublikasi  Ichki ishlar vaziri  polkovnik A.Temirxanov  fuqarolarni qabul qilib ularning muammolarini o'rganib  hal qilish bo'yicha tegishli mutasaddi  rahbarlarga topshiriqlar berdi.
Sayyor qabul doirasida, Beruniy tumanining to'rtta 16 yoshga to'lgan yoshlariga dastlabki fuqarolik pasportlari berildi, shuningdek, hududdagi kam ta'minlangan oilalarning farzandlariga kitoblar va o'quv anjomlari topshirildi.
 
Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati.
 
Text to speech