26 Avgust 2020 yil 957

Qonliko‘l tumanida Qoraqalpog‘iston Respublikasi 4 sektor rahbarlarining sayyor qabuli va yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Qonliko‘l tumani yoshlar markazida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi. Sayyor qabulda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.Temirxanov fuqarolarni qabul qilib muammolarini urgandi va ularni hal etish bo‘yicha mutasaddi rahbarlarga topshiriqlar berildi.
Sayyor qabul doirasida, Qonliko‘l tumanida istiqomat qiluvchi Yusupova Rayxonga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik pasporti topshirildi.
- Men  shu tumanda fuqaroligi bo‘lmagan shaxs sifatida yashab kelayotgan edim bugun menga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik pasporti berildi, juda xursandman davlatimiz rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman deydi - R.Yusupova
Shundan so‘ng,  tuman yoshlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad tuman yoshlarining hayotiy qiziqishlarini o‘rganish, ularni  qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash va bartaraf etish yuzasidan amaliy yordam berishdan iborat bo‘ldi.
Yoshlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech