28 Октябр 2025 jıl
                            
                                394                            
                    Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan bayram tantanasi bo‘lib o‘tdi
Bugun Taxiatosh tumanidagi fayzli maskanlardan birida "Ichki ishlar organlari xodimlari kuni" munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Taxiatosh tumani hokimi Kamiljon Aytbayev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi qo‘mita raisi Alisher Atajanov va boshqalar so‘zga chiqib, soha fidoyilari va faxriylarni bugungi bayram bilan samimiy tabrikladi.Shundan so‘ng, mas’uliyatli vazifalarni bajarayotgan bir guruh soha vakillari Taxiatosh tumani hokimligi tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Bayram tadbiri tuman madaniyat bo‘limining konsert dasturi bilan davom etdi.
 
                     
                                     
                                                         
                                                         
                                                         
                                                         
                                                         
                                                         
                                                         
                                                        