29 Sentyabr 2020 yil 1018

Ustozlarni bayram bilan tabriklab sovg'alar ulashildi.

Bir necha yildirki, yurtimizda 1 oktyabrь — O'qituvchilar va murabbiylar kuni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlab kelinmoqda.
Ustoz deganda, har qaysi inson ko'nglida chuqur hurmat — ehtirom va cheksiz minnatdorlik tuyg'ulari, shu bilan birga, hech qanday boylik bilan o'lchab va ado qilib bo'lmaydigan qarzdorlik xissi paydo bo'ladi. Inson, avvalo, unga bilim va ma'rifat dunyosi sari yo'l ochib bergan, uning qalbiga yuksak insoniy fazilatlar hissini singdirish yo'lida zahmat chekkan ustoz va murabbiylariga nisbatan ko'nglida hamisha minnatdorlik tuyg'usi bilan yashaydi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar organlarida ham sohada uzoq yillar xizmat qilib el yurt tinchligi yo'lida fidoyi xizmat qilgan, bir nechta shogirdlarga ustozlik qilgan faxriylar ko'pchilikni tashkil qiladi. Mamlakatimizda keng miqyosida nishonlanib kelayotgan l-oktyabrь O'qituvchilar va murabbiylar kuni umumxalq bayrami  munosabati bilan ichki ishlar organlarining shunday faxriylaridan xabar olinib, bayram bilan tabriklab sovg'alar ulashishdi.
Tadbirda nafaqadagi  general-mayor J.Shыlmanov, nafaqadagi polkovniklar, O.Niyazkulov, S.Atamuratov, U. Sadullayev, J.Uzaqbayev, A. Babajanov,  A. Ismaylov Q.Elmuratov, O. Tixonkova nafaqadagi podpolkovniklar N. Tao'muratov Q.Qurbaniyazov va boshqa bir qator bir faxriylardan xabar olindi va vazirlikning tibbiyot bo'limi xodimlari tomonidan ularning sog'liklari tekshirilib kerakli tavsiyalar berildi.
Tadbirga Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, polkovnik A. Temirxanov, uning maslahatchisi, nafaqadagi polkovnik  O. Turdaqov va vazir o'rinbosarlari ishtirok etishdi.
Faxriylar ham o'zlariga qaratilayotgan e'tibordan ko'ngillari shod bo'lib o'z minnatdorchiliklarini  bildirishdi.
 
Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati.
 
Text to speech