19 Феврал 2025 jıl 1024

Qaraqalpaqstan awıl xojalıǵı hám agrotexnologiyalar institutında Qaraqalpaqstan Respublikası Ishki isler ministri polkovnik Baxtiyar Torebekov tárepinen kiberjınayachılıq hám onnan qorǵanıw haqqında student jaslar menen ushırasıw ótkerildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov tomonidan Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida talaba yoshlar bilan kiber makonda uchrayotgan muammolar va ulardan himoyalanish mavzusida targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi. Tadbirni institut rektor 1-o‘rinbosari Rano Ibragimova ochib berdi va olib bordi. Undan so‘ng Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torbekov so‘zga chiqib bugungi kunda fuqarolar kiber firibgarlarning tuzog‘iga tushib kalayotganligi, ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolarga kelayotgan har qil yolg‘on xabarlarga ishonib, ularga shaxsiy ma’lumotlarini berishi oqibatida bank plastik kartalaridagi pullarini o‘g‘irlatib qo‘yish holatlari ko‘plab ko‘zatilayotganini ta’kidladi. Bu kabi kiber jinoyatchilikning barvaqt oldini olish borasida har bir talab yoshlarga yetkazi kerakligi bo‘yicha mas’ul xodimlar va institut tyuterlariga topshiriqlar berildi. Shuningdek, tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Kiberxavfsizlik bo‘limi boshlig‘i Dauletniyaz Seytmuratov ayrim talaba yoshlar tomonidan o‘zlarining shaxsiy ma’lumotlari asosida ijtimoiy tarmoqlarda oshirilgan har qil akkauntlarni sotishi oqibatida jinoyatga bilib bilmay sherik bo‘lish holatlari haqida ta’kidlab o‘tdi va yoshlarga bu kabi holatlar javobgarlikka sabab bo‘lishini tushuntirdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati 

Text to speech