10 Yanvar 2023 yil 419

Uch avlod uchrashuvi tashkillashtirildi

14-yanvar Vatan himoyachilari kuni. Sana munosabati bilan har yili yurtimizda turli yo‘nalishda tadbirlar tashkil etilib, Ona vatan tinchligi yo‘lida xizmat qilayotgan er yigitlarimizga yana-da hurmat bajo keltiriladi. Nukus Temurbeklar maktabi harbiy akademik litseyida Nukus shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasining tashabbusi bilan sanaga bag‘ishlanib uch avlod uchrashuvi tashkillashtirildi. U yerda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Nukus shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi veteranlar Kengashi aʼzolari, shuningdek mudofaa, Favqulodda holatlar boshqarmasidan vakillar, yoshlar agentligi, mahalla yoshlari, litsey o‘quvchilari va yelimizning yoshlari bilan uchrashdi. Tadbirda maʼruzachilar tomonidan mamlakatimiz Qurolli Kuchlar, Ichki ishlar va boshqada huquqni muhofaza qiruvchi organlarida so‘ngi  yillarda tizimni yana-da rivojlantirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, tizimda amalga oshirilayotgan ishlar, sohadagi islohotlarning samaradorligi haqida maʼlumotlar berdi. Shuningdek Ona vatan tinchligini saqlash yo‘lida o‘zlarining olib borgan xizmatlari haqida yig‘ilgan yoshlarga aytib berdi. Shu jumladan uchrashuv davomida ko‘p yillik tajribaga ega nuroniylarga yoshlar o‘zlarining qiziqtirgan savollarini berib aniq javoblar oldi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech