13 Yanvar 2021 yil 1134

Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo'yishni va'da qilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo'zg'atildi.

Nukus shahrida yashovchi fuqaro T.B O'zbekiston Respublikasi IIV O'z xavfsizligi boshqarmasi Qoraqalpog'iston Respublikasi bo'yicha bo'limiga, ariza bilan murojaat etib, Chimboy tumanida yashovchi Q.U ismli shaxs ichki ishlar organlariga ishga kiritib berishini va'da qilib, buning evaziga 45.000.000 so'm pullarni pora tariqasida talab qilayotganligini bildirib unga nisbatan qonuniy chora ko'rishni so'ragan.
Arizaga asosan, O'zbekiston Respublikasi IIV O'z xavfsiziligi boshqarmasi Qoraqalpog'iston Respublikasi bo'yicha bo'limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda joriy yilning 12 yanvarь kuni o'tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro Q.U fuqaro  T.Bdan ichki ishlar organlariga ishga kiritish evaziga talab qilingan pullarning 25 million so'm pulini olgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan qo'lga olingan.
Holat yuzasidan,  O'zbekiston  Respublikasi  Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Qoraqalpog'iston Respublikasi  boshqarmasi  tomonidan  fuqaro, K.U nisbatan, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
 
Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati.
 
Text to speech