12 Dekabr 2020 yil 1046

Vazirlikda yoshlar bilan uchrashuv

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019 yilning 27 dekabrь kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda yoshlar bilan bo'lib o'tgan uchrashuvida “Yangi O'zbekistonni, albatta, yoshlar bilan birga quramiz. 2020 yil yoshlarga oid davlat siyosatida tub burilish yili bo'ladi”, – deya ta'kidlagan fikrlari joylarda o'z isbotini topmoqda. Bevosita Muhtaram Prezidentimiz rahnamoligida jamiyatda yoshlarning roli va obro'sini ko'tarish, ularga qulay shart-sharoitlarni yaratib berish, yoshlar tashkilotlari orqali yosh avlod muammolari ichiga chuqurroq kirish va ularni hal etish bo'yicha bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.
 Joriy yilning 12 dekabrь kuni, Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida vazir, polkovnik A.Temirxanov, uning o'rinbosari polkovnik I.Axmedov va boshqa muassasa va tashkilotlar mas'ul rahbarlarining vazirlik markaziy apparati, shahar va tuman ichki ishlar bo'limlarida xizmat qilayotgan ichki ishlar organlari xodimlari, O'zbekiston Respublikasi IIV Qoraqalpoq akademik litseyi va Nukus shahrida joylashgan oliy ta'lim muassasalarida ta'lim olayotgan bir guruh yoshlari bilan onlain uchrashuvi bo'lib o'tdi.
 Ochiq savol-javob tarzida tashkil etilgan uchrashuvda, Qaraqalpaqstan Respublikasi Ichki ishlar vaziri A.Temirxanov so'z olib, bugungi kunda mamlakatimizda, yoshlar bilan ishlash sohasida amalga oshirilayotgan o'zgarishlarga batafsil to'xtalib o'tdi va bugungi uchrashuv biror-bir rasmiyatchiliklarsiz, ochiq va oshkora o'tishini, bu borada yoshlardan ham faollik talab etilishini bildirdi.
Ochiq muloqot ruhida kechgan uchrashuvda yoshlar o'zlarini qiziqtirgan masalalar, tashvishga solayotgan muammolari yuzasidan rahbarlarga murojaat qilishdi. Shuningdek, uchrashuv davomida uzarining bir nechta takliflari bilan qatnashgan yoshlar bilan kelajakda tez-tez uchrashib turishga kelishib olindi.
Uchrashuv yakunida, yoshlarning vazirlikning ochki ishlar organlari tarixi muzeyiga tashrifi yoshlarda alohida ta'surot qoldirdi.
 
Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati
Text to speech