8 Сентябр 2025 jıl 661

Nukus Temurbeklar maktabi harbiy akademik litseyida kitob yarmarkasi tashkil etildi

Kitob – ruhiyatimiz ozuqasi, u bilan do‘stlashish kishini nafaqat yuksaltiradi, balki unga jahonni tanitadi, hamrohlik qiladi, ezgulikka yetaklaydi. O’quvchi yoshlarning kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida, joriy yilning 8-sentyabr sanasida  Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida  kitob yarmarkasi tashkil etildi. Kitoblar yarmarkasida o‘zbek va jahon adabiyotining nodir asarlari, bolalar adabiyoti va turli janrlarda chop etilgan kitoblarni olish imkoniyati yaratilib berildi. Litsey o’quvchilari ham ushbu yarmarkada faol ishtirok etishdi. Kitoblar yarmarkasini tashkil etishdan asosiy maqsad ham o’quvchi-yoshlarni maʼnaviy-maʼrifiy, siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirish, ularni boy madaniy merosimizga hurmat ruhida tarbiyalash hamda kitobxonlik madaniyatini oshirishdan iboratdir.

Text to speech